AI yordamida taqdimot yaratish

Mavzuni yozasiz, tarif va bet sonini tanlaysiz — bir necha daqiqada dizayni, matni va rasmlari tayyor taqdimotni PDF va tahrirlanadigan PPTX shaklida olasiz.

Saytda boshlashTelegram botda ochish

Qanday ishlaydi — 3 qadam

  1. Mavzu va maʼlumotlarni kiriting

    Taqdimot mavzusini, titul varagʻi uchun ism-familiya va oʻqituvchini yozing, tilni tanlang. Xohlasangiz, maʼruza yoki kitob faylini ham yuklaysiz — matn shu manbadan olinadi.

  2. Tarif, bet soni va dizaynni tanlang

    Standart, Premium yoki PRO tarifini, 8 dan 100 gacha bet sonini va dizaynni tanlaysiz. Tasdiqlashdan oldin aniq narx va taqdimot rejasi koʻrsatiladi.

  3. Tayyor faylni yuklab oling

    Tasdiqlaganingizdan soʻng taqdimot yasaladi va PDF hamda PPTX fayllar saytda paydo boʻladi. Hisobingiz Telegram bilan bogʻlangan boʻlsa, fayl botga ham yuboriladi.

Narxlar

Betlar soniStandartPremiumPRO
8–20 bet3 000 soʻm6 000 soʻm9 000 soʻm
21–30 bet5 000 soʻm8 000 soʻm12 000 soʻm
31–50 bet7 000 soʻm11 000 soʻm16 000 soʻm
51–70 bet9 000 soʻm14 000 soʻm20 000 soʻm
71–100 bet12 000 soʻm18 000 soʻm25 000 soʻm

Narxlar soʻmda koʻrsatilgan va balansdan yechiladi. Balansni Click, Payme, Uzum yoki bank kartasi orqali toʻldirasiz. Ish tayyorlanmay qolsa, pul balansga qaytariladi.

Tariflar orasidagi farq

Uchala tarifda ham taqdimot bir xil tuzilishda yoziladi: titul, reja, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar. Farq rasmlarda va qoʻshimcha imkoniyatlarda. Standart tarifda ichki betlardagi rasmlarni tezkor AI modeli chizadi. Premium tarifda muqova va rasmlarning yarmini eng kuchli AI modeli chizadi, odam yoki yozuv kerak boʻlgan betlar birinchi navbatda unga beriladi, PPTX esa animatsiyali boʻladi.

PRO tarifda barcha rasmlarni eng kuchli AI chizadi, animatsiyali PPTX bilan birga video ham beriladi. Narx bet soniga qarab bosqichma-bosqich oshadi: 20 betgacha Standart 3 000 soʻm, Premium 6 000 soʻm, PRO 9 000 soʻm turadi.

Kimlar uchun qulay

Xizmat seminar, kurs ishi himoyasi, mustaqil ish yoki dars uchun taqdimot kerak boʻlgan talabalar va oʻqituvchilarga moʻljallangan. Matn mavzuga mos, rejaga tayangan holda yoziladi; yuklangan fayl boʻlsa, har bir boʻlim uchun undagi tegishli qismlar ishlatiladi. Taqdimotni oʻzbek, rus, ingliz va boshqa tillarda buyurtma qilish mumkin.

Tayyor faylni oʻzingiz tahrirlashingiz mumkin: PPTX PowerPoint, WPS Office yoki Google Slides’da ochiladi. Saytdagi muharrirda matnni oʻzgartirish va tayyor taqdimotning dizaynini bepul almashtirish ham mumkin — bunda matn va rasmlar saqlanib qoladi.

Koʻp beriladigan savollar

Taqdimot qancha vaqtda tayyor boʻladi?

Odatda bir necha daqiqada. Betlar soni koʻp va rasmlar koʻproq boʻlsa, biroz uzoqroq vaqt ketadi. Jarayon holatini saytda kuzatib turasiz.

Qaysi formatlarda olaman?

PDF va PPTX. PDF koʻrish va chop etish uchun, PPTX esa PowerPoint yoki boshqa dasturlarda tahrirlash uchun qulay.

Toʻlov qachon yechiladi?

Faqat siz aniq narxni koʻrib, tasdiqlaganingizdan keyin. Agar taqdimot yasalmay qolsa, pul balansingizga qaytariladi.

Oʻz faylimdan foydalansa boʻladimi?

Ha. Maʼruza, kitob yoki maqola faylini yuklasangiz, taqdimot matni shu manbaga tayanadi. Fayldagi rasmlarni ham tanlab, slaydlarga qoʻyish mumkin.

Dizayn yoqmasa nima qilaman?

Tayyor taqdimotning dizaynini bepul almashtirishingiz mumkin. Matn va rasmlar qayta yozilmaydi, faqat koʻrinishi oʻzgaradi.

Telegram boʻlmasa ham ishlaydimi?

Ha. Saytga Google yoki Telegram orqali kirib, hamma narsani shu yerning oʻzida qilasiz. Telegram bogʻlangan boʻlsa, fayl botga ham keladi.

Boshqa xizmatlar